Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining nomzodlari e’lon qilindi. 71-tantanali taqdirlash marosimi 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: PopCornNews

“Taxtlar o‘yini” seriali 32 ta nominatsiyani, jumladan, “Eng yaxshi dramatik serial” yo‘nalishi bo‘yicha nomzod deb topildi. Kit Xarrington eng yaxshi erkak roli uchun, Emiliya Klark esa eng yaxshi ayol roliga da’vogarlik qiladi.

“Taxtlar o‘yini”dan tashqari “Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qiling”, “Tansoqchi”, “Yevani o‘ldirib”, “Ozark”, “Merosxo‘r” va “Bu biz” seriallari ham “Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasiga nomzod.

“Eng yaxshi komedik serial” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikka esa “Barri”, “Dryan”, “Eng yaxshi olamda”, “Ajoyib missis Meyzel”, “Matryoshka”, “Shitts Krik” va “Vitse-prezident” o‘zaro kurashadi.

“Eng yaxshi mini serial” nominatsiyasi uchun “Chernobil”, “Dannemor qamoqxonasidan qochish”, “Fossi/Verdon”, “O‘tkir predmetlar” va “Bizni ko‘rishganida” seriallari da’vogarlik qilmoqda.