Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor MChJdan undiruvchi tuman soliq inspeksiyasi foydasiga 437 million 842 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Payariq tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushdi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: MIB matbuot xizmati

Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborildi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solindi. Jamiyatga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborildi. Qarzdorga tegishli Cobalt va Labo rusumli mashinalar xatlandi.

Foto: MIB matbuot xizmati

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida MChJdan soliq inspeksiyasi foydasiga 437 million 842 ming so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.