Braziliyadagi Itajai shahrida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Ferrari va Lamborghini kabi soxta super avtomashinalar ishlab chiqaradigan zavod topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.
Korxona hududini ko‘zdan kechirish vaqtida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sakkizta tayyor sport avtomashinasini topdi.
Avtomobillar bilan birga ularning qo‘shimcha komponentlari ham topilgan. Mamlakatda ushbu soxta sport avtomobillari asl bahosining sakkiz foizi evaziga sotilgan.
Avtomobillar ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilingan. Korxona egalari bo‘lgan ota va uning o‘g‘li hozirgi vaqtda mamlakatni tark etmaslik haqida yozma majburiyat bilan ozod etilgan. Fabrika esa politsiya tomonidan yopilgan.
Barcha avtomashinalar musodara qilindi. Ularning narxi 180 ming AQSh dollaridan boshlanadi.
Braziliyalik tadbirkorlarni o‘z bizneslari uchun yirik jarimalar kutishi mumkin.
Izoh (0)