Bugun, 15-iyulda Yerda magnit bo‘roni kuzatiladi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunga Quyoshdagi kuchli chaqnash sabab bo‘ladi.

Foto: Google Images

Prognozlarga ko‘ra, bu Yerda so‘nggi 10 yilda sodir bo‘lgan magnit bo‘ronlarining eng kuchlisi bo‘ladi. Odamlarga bu hodisa turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ularning aksariyati o‘zini yomon his qilishi mumkin. Ayrimlarda uyqusirash kuzatilsa, ayrimlarida uyqusizlik bo‘lishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, hatto sog‘lom odam ham magnit bo‘ron ta’sirini sezishi, masalan, kayfiyat buzilishi yoki bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Bu bolalar, keksalar va homilador ayollar uchun ham xavfli.

Magnit bo‘ron ta’siridan himoyalanish uchun stress va ortiqcha yuklardan holi bo‘lish, tiniqib uxlash va ochiq havoda ko‘proq bo‘lish lozim.