PSJ hujumchisi Neymar Ispaniya soliq xizmati bilan muammolarga duch keldi.
Tashkilot xodimlari braziliyalikning Barselonada yashagan davridagi hisoblarni, shuningdek, uning PSJga transfer qilinishi borasidagi tafsilotlarni o‘rganib chiqdi.
Mundo Deportivo’ning xabar berishicha, tekshiruv natijalariga ko‘ra Neymar 35 million yevroga yaqin miqdorda soliq to‘lashi lozim. Ish sudgacha oshirilishi mumkin.
Ta’kidlash joiz, soliq organi bilan bo‘lgan muammolar futbolchining “Barselona”ga qaytishini qiyinlashtirib yuboradi.
O‘tgan yilning mart oyida soliq xizmati Neymarning PSJga transferi borasida tekshiruv olib borgan. Futbolchi 2017-yilda Parij klubiga o‘tgunga qadar, 183 kundan ortiq vaqt mobaynida Barselonada yashagan. Shuning uchun, u Ispaniya soliq rezidenti sifatida yillik daromadini deklaratsiya qilishi kerak bo‘lgan.
Neymarda, shuningdek, Braziliya soliq idorasi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Uning 2013-yilda “Santos”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tish davrida ham muammolar yuzaga kelgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)