14-iyul, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kuboginining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki o‘yinida Senegal terma jamoasi Tunis termasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi (0:0).
Qo‘shimcha bo‘limning 100-daqiqasida esa tunislik himoyachi Dilan Bronn o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (0:1).
Shu tariqa Senegal musobaqaning 1/2 finalida Tunisni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa Jazoir terma jamoasi Nigeriya termasi bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 40-daqiqasida nigeriyalik Uilyam Trost-Ekong o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 72-daqiqaga kelib Jazoir darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan hujumchi Odion Igalo unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi (1:1).
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida (90+5-daqiqa) jazoirlik yarim himoyachi Riyad Mahrez raqib darvozasiga gol urdi (2:1).
O‘yin yakuniga ko‘ra, Jazoir Nigeriyadan 2:1 hisobida ustun kelib, finalga chiqdi (2:1).
Endilikda Jazoir terma jamoasi 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsida Senegal termasi bilan g‘oliblik uchun kurashadi. Nigeriya esa musobaqaning 3-o‘rini uchun kechadigan bellashuvda Tunis bilan o‘ynaydi. O‘yin 17-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Afrika Millatlar Kubogi
1/2 final bahslari
14-iyul, yakshanba
Senegal—Tunis 1:0
Gol: 1:0 — 100, avtogol, BronnJazoir—Nigeriya 2:1
Gollar: 1:0 — 40, avtogol, Trost-Ekong, 1:1 — 72, penalti, Igalo, 2:1 — 90+5 MahrezYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)