O‘zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Tursunov Janubiy Koreyaning “Tejon Sitizen” klubini tark etdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Sanjar 2018-yilning yozida “Tejon Sitizen” tarkibiga kelib qo‘shilgandi va klub tarkibida 27 o‘yinda maydonga tushdi va 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sanjar bunga qadar 2017-2018-yillar mobaynida Qatarning “Al-Xaritiyat” klubi sharafini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Sanjar Tursunov 2010-yilning 25-dekabrida O‘zbekiston terma jamoasi safida Bahraynga qarshi debyut o‘yinini o‘tkazgan. 2011-yil 15-noyabrda esa u Tojikiston darvozasiga terma jamoa tarkibidagi ilk golini urgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)