Tailandning Chon Buri shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida kurash sporti bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Qit’a birinchiligining so‘nggi kunida 61 va 92 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalarida gilamga chiqqan o‘zbekistonlik polvonlar Nodir Rahimov hamda Ajiniyaz Saparniyazov finalgacha borib, hal qiluvchi bellashuvda ikkalasi ham eronlik raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik erkin kurashchilar Osiyo chempionatining so‘nggi kunini 2 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Umumiy hisobda esa O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medalini jamg‘ardi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)