Fransiyalik yarim himoyachi Usmon Dembele yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ni tark etishni xohlamayapti.
Bild’ning ma’lum qilishicha, “Bavariya” 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq futbolchining o‘zi Myunxenga borishga qiziqmayapti.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar PSJdan hujumchi Neymarni jamoaga qaytargan taqdirda ham Dembelening pozitsiyasi o‘zgarmaydi.
Fransiyalik xavbek mashg‘ulotlarga kirishish uchun ta’tildan bir hafta oldin Kataloniyaga qaytdi.
Eslatib o‘tamiz, Dembele 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi hamda 5 ta golli uzatma berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)