ESPN talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi aralash jang qoidalari ustasi aniqlandi.
Mazkur nomga amerikalik jangchi Daniel Kormye loyiq deb topildi. Kormye ushbu sovrinni faoliyati davomida 4-bor qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Konor Makgregor eng yaxshi jangchi deb topilgandi. 2017-yilda esa sovrin Demetrius Jonsonga nasib etgandi.
Ma’lumot uchun, Daniel Kormye 2019-yilning mart oyida 40 yoshni qarshilagandi. Ayni damda u vazn toifasidan qat’i nazar UFC jangchilari reytingini boshqarib kelmoqda. Kormye so‘nggi bor Derrik Lyuisni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Qayd etish joiz, u navbatdagi jangini Stip Miochichga qarshi o‘tkazadi. Jang 2019-yilning 17-avgust kuni UFC 241 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Shubhasiz, bu musobaqaning markaziy jangi bo‘ladi.
Ta’kidlash lozim, Kormye Miochichga qarshi birinchi marta oktagonga ko‘tarilmayapti. U 2018-yilning iyul oyida Stipni muddatidan avval mag‘lub etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!