Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 12-iyul, juma kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Instagram

Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi “Qirol Abdulla Sport Siti” stadionida bo‘lib o‘tgan jangda Shahobiddin hindistonlik Sandib Singhga (1 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) qarshi ringga ko‘tarildi.

4 raundga mo‘ljallangan jangda Zoirov raqibini ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, professional boksdagi 3-g‘alabasiga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!