Samarqand viloyati hokimligida kutubxona tashkil etildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Foto: Zarnews

Hokimlik xodimlarining kitobxonlik, mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan kutubxonadan hozircha 300 dan ortiq badiiy, ilmiy-ommabop asar o‘rin olgan.

Kitob fondini shakllantirishda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Boburning davlat siyosati va boshqaruvi, rahbarlik mas’uliyati haqidagi asarlarini to‘plashga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda chop etiladigan gazeta va jurnallar joylashtirilgan.