“Real” hali ham “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytmagan. Bu haqda Goal xabar berdi.

Foto: Google Images

Fransiyalikning Madrid klubiga o‘tishini ikkita asosiy sabab qiyinlashtirmoqda.

Birinchidan, “qizil iblislar” Pogbani imkon qadar jamoada olib qolmoqchi. Ikkinchidan esa transferni amalga oshirish uchun madridliklarga qo‘shimcha mablag‘ zarur.

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachilar Garet Beyl, Isko hamda Xames Rodriges “Qirollik klubi”ni tark etadi.

Shuningdek, “Yuventus” ham Pogbani jamoaga qaytarish borasida jiddiy shug‘ullanmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!