“Benfika” hujumchisi Ivan Shaponich karyerasini “Atletiko”da davom ettiradi. Bu haqda Madrid klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Atleticodemadrid.com”

“Matraschilar” 21 yoshli serbiyalik bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi allaqachon madridliklar safiga kelib qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Shaponich 2018/19-yilgi mavsum “Benfika”ning ikkinchi jamoasi tarkibida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!