Tailandning Chon Buri shahri mezbonlik qilayotgan kurash sporti bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida -76 kilogramm vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shahribonu Elliyeva musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ rasmiy saytida xabar berildi.
Shahribonu finalda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bu terma jamoaning musobaqada qo‘lga kiritgan oltinchi medali bo‘ldi. Bungacha yunon-rum kurashi bellashuvida o‘zbekistonlik kurashchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)