Mirobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda Toshkent shahar Ichki ishlar idoralari profilaktik hisobida turgan 30 nafar o‘quvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan bir haftalik amaliy seminar o‘tkazilmoqda, bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma'lum qiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamda Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir davlatimiz rahbari ilgari surgan besh muhim tashabbusning amaliy na’munasidir.

Foto: Mudofaa vazirligi

“Yoshlarni ma’naviy va ma’rifiy ishlar, jumladan, madaniyat, san’at sohasida bilimlarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida ishtirokini ta’minlash borasida bir haftalik reja tuzib olganmiz. Harbiy qismda ular uchun psixologik treninglar, profilaktik suhbatlar, saf tayyorgarligi bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar, vatanparvarlik ruhini targ‘ib qiluvchi videofilmlar namoyishi, kitoblar mutolaasi, kompyuter texnologiyalari hamda rassomchilik to‘garaklari kabi amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilingan”, — deydi katta leytenant O‘ktam Ochilov.

Foto: Mudofaa vazirligi

Hafta davomida yosh askarlarni badiiy va harbiy orkestrlarning konsert dasturlari, safda qo‘shiq aytish hamda harbiylar ishtirokidagi qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi

Ta’kidlash joiz, bu kabi amaliy tadbirlar yoshlar tomonidan sodir etilayotgan turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, el-yurt xizmatiga doimo tayyor farzand sifatida tarbiyalashga qaratilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi