Rossiya prezidenti ma’muriyati 2021-yilgi saylovlardan so‘ng, Vladimir Putinning parlament quyi palatasi ustidan nazoratini saqlab qolish uchun Davlat Dumasidagi bir mandatli deputatlar ulushini 50 foizdan 75 foizgacha oshirishni muhokama qilmoqda, deya Bloomberg manbalariga tayanib Meduza xabar beradi.
Maqolaga ko‘ra, Kreml “Yagona Rossiya” partiyasi reytingi pasayishiga qaramasdan, hukumat tarafdori bo‘lganlar bilan parlament ko‘pchiligini tashkil etishga umid qilmoqda. Bir mandatli nomzodlar saylovlarda o‘z nomzodlari sifatida ishtirok etishi mumkin.
Bloomberg mualliflarining fikriga ko‘ra, Vladimir Putinning Davlat Dumasidagi ta’siri saqlanib qolishi, uning 2024-yilda prezidentlik muddati tugaganidan keyin ham, davlat hokimiyatida o‘z kuchini saqlab qolishiga yordam berishi mumkin.
Bu potensial tarzda Rossiyaning 66 yoshli prezidentiga hukumatni hukmron partiya rahbari yoki kengaytirilgan vakolatlarga ega bosh vazir sifatida saqlab qolgan holda rolni o‘zgartirishga yordam bergan bo‘lardi, degan fikrni Kremlga yaqin hamda hukumat partiya deputatidan iborat ikki kishi bildirgan.
Izoh (0)