“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan imkoniyati cheklangan, eshitish va so‘zlash bilan bog‘liq nogironligi bo‘lgan kishilar uchun “Surdo O‘zbekiston” loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda fond matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Vaqf” fondi matbuot xizmati

Ushbu loyiha doirasida O‘zbekistondagi yigirmaga yaqin jome masjidlarda juma ma’ruzalarini imo-ishora tilida namoyish etish yo‘lga qo‘yildi.

Foto: “Vaqf” fondi matbuot xizmati

Fond tashabbusi bilan 2019-yildan boshlab Toshkent shahridagi “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan insonlar uchun Qur’oni karim va tajvid, arab tili kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslar “Vaqf” fondi homiyligi ostida tashkil etilgan bo‘lib, imkoniyati cheklangan kishilar unda bepul tarzda o‘qitilmoqda.

Foto: “Vaqf” fondi matbuot xizmati