Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi “Tillaboyev oltin dalasi” fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘zadan oppoq paxtalar ko‘rindi. Bu haqda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga tayanib “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi

Fermer xo‘jaligi rahbari Kozimjon Mamadaliyevning aytishicha, joriy yilning 8-mart kuni xo‘jalikning 39,1 gektar maydoniga chigitning “Andijon-36” navi egatga plyonka asosida ekilgan. 18-mart sanasida chigitlar unib chiqqan bo‘lsa, 28-mayda gul ko‘rsatgan. 7-iyun kunidan boshlab esa ko‘saklar paydo bo‘lgan. Hozir g‘o‘za poyasida o‘rtacha 17—18 donadan ko‘sak bor.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, joriy yilda g‘o‘zadan oppoq paxtalar o‘tgan yilga nisbatan 15 kun oldin ochilgan. 2018-yil iyul oyining so‘nggi kunlarida Shahrixon tumanidagi “Qashqar diyori” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta ochilgandi.