Telegram’dagi “Podslushano v Buxare” kanalida Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti oldidagi chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi tasvirlangan video joylashtirildi.

Kadr: Telegram

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita yengil avtomobil avariya sodir etgan va ulardan biri velosiped haydab ketayotgan yo‘lovchini urib yuborgan.

Ta’kidlanishicha, jarohat olgan velosipedchini tez yordam mashinasi olib ketgan.