O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni 1-avgustdan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, shuningdek, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini o‘rtacha 10 foizga oshirish haqida farmon imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Yangi minimal qiymatlar quyidagicha:

  • ish haqining minimal miqdori — oyiga 223 000 so‘m (hozir — 202 730 so‘m);
  • yosh bo‘yicha pensiya va bolalikdan nogironlar nafaqasi — 436 150 so‘m (396 500 so‘m);
  • zarur ish staji bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar — 267 650 so‘m (243 300 so‘m).