2019-yil 7-iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Rudakiy ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan 32 yoshli A.K. mast holda tanishi G‘azalkent shaharida yashovchi 27 yoshli I.G.ning uyida o‘zaro janjal sabab I.G.ni qaychi bilan jarohatlagan. Natijada I.G. kasalxonaga yotqizilib, A.K. qo‘lga olingan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)