Tojikistonda 40 kun davomida mamlakat suv havzalarida 64 nafar odam cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”.

Foto: “Asia-Plus”

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiya ma’lumotiga ko‘ra, ularning 28 nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 36 nafarini 17 yosh va undan katta bo‘lgan shaxslar tashkil etadi.

Xabarda aytilishicha, suv havzalaridagi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida komissiya xodimlari ommaviy dam olish va suzish joylarida profilaktika tadbirlari va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.