Pokistonning Panjob viloyatida yo‘lovchi poyezdi temir yo‘l bekatida turgan yuk poyezdiga borib urildi.

Foto: Dunya news

Qutqaruvchilarga ko‘ra, bekatga yaqinlashish oldin poyezd boshqa yo‘ldan harakatlana boshlagan. To‘qnashuvdan so‘ng uning uch-to‘rt vagoni izdan chiqib ketgan, lokomotivi esa butkul vayron bo‘lgan.

Politsiya hodisa oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani, 67 kishi jarohatlanganini bildirdi. Kasalxonalarda favqulodda holat e’lon qilingan.