2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Foto: UzDaily

Birinchi bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinvolarida ishtirok etadi.

Ikkinchi bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradi.