“Los-Anjeles Gelaksi” hujumchisi Zlatan Ibragimovich MLS’da 2019-yilning eng yaxshi o‘yinchisi deya e’tirof etildi. Bu haqda ESPN’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Twitter/@ESPNFC

37 yoshli shved Amerikaning ABC telekanali talqini bo‘yicha ESPYS sovrinini qo‘lga kiritdi. U bu yo‘lda Ueyn Runi (“Di Si Yunayted”), Jozef Martines (“Atlanta Yunayted”) va Aaron Longni (“Nyu-York Red Bulls”) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun “Gelaksi” o‘yinchilari mazkur sovrinni umumiy hisobda 9 marta qo‘lga kiritgan. Ibragimovichga qadar ushbu sovringa Lendon Donovan 5 marotaba (2006, 2007, 2009, 2010, 2011), Devid Bekhem 2 bor (2008, 2012) hamda Robbi Kin 1 marta (2015) ega chiqqandi.

Bundan tashqari, David Vilya (2017), Sebastyan Jovinko (2016), Tim Keyhill (2014), Tyerri Anri (2013) ham MLS’da yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Nemanya Nikolich (“Chikago Fayr”) sovrinni o‘ziniki qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!