SciNews YouTube-kanali bortida Birlashgan Arab Amirliklarining Falcon Eye 1 harbiy sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Vega raketa tashuvchisining muvaffaqiyatsiz uchirilgani tasvirlangan videoni joyladi.

Foto: Unian

Videoda parvozning ikkinchi daqiqasida raketa belgilangan trayektoriyadan chiqib, pastlaganini ko‘rish mumkin. Uning tezligi ham kamayishni boshlagan. Uchinchi daqiqada Arianespace kompaniyasi vitse-prezidenti Lyus Fabregett translyatsiyani uzib, missiya muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma’lum qilgan.

Vega raketasining Fransiyaning Kuru kosmodromidan uchirish muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida 11-iyul kuni ma’lum bo‘lgan. Fabregettning so‘zlariga ko‘ra, nosozlikka “jiddiy anomaliya” sabab bo‘lgan.

Hozirda Arianespace mutaxassislari avariya sabablarini o‘rganmoqda.