AQShda xalqaro hamjamiyat Eron kemalarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniya tankerlariga nisbatan harakatiga zudlik bilan munosabat bildirishi kerakligi aytildi. “Gazeta.ru”ning xabar berishicha, bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi matbuot xizmati vakili Bill Urman ma’lum qilgan.

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni kemalar qatnoviga xavf tug‘dirayotgani hamda jahon iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazishni boshlagani sababli unga qarshi chora ko‘rish lozim. “Barcha mamlakatlar global farovonlik asosini himoya qilish va uni saqlab qolishga mas’uldir”, — deb ta’kidlagan Urban.

Avvalroq Eron kemalari Britaniya tankerini to‘xtatmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda Britaniya mas’ul shaxslari kema shu hududda bo‘lganini tasdiqlagan va ular “dengizda xavfsizligini salqash” vazifasini bajarganini aytgan.