O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar o‘rtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish muhokama qilingan.

Foto: Sputnik

Shuningdek, bu yo‘nalishda o‘zaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashilgan.

Xabarda davlatlar o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish masalasi ham muhokama etilayotgani qayd etilgan.