Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Kim Darrok bilan boshqa ish olib bormaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

Kim Darrok.
Foto: AP

Tramp o‘z tvitida, shuningdek, Britaniyada yaqinda yangi bosh vazir bo‘lishini “yaxshi xabar” deb atadi.

Tramp Daily Mail nashri Darrok vataniga yuborgan diplomatik telegrammalardan iqtiboslar keltirilgach shunday bayonot berdi. Unda Darrok Trampni “layoqatsiz va ishonchsiz”, uning ma’muriyatini esa “ishning ko‘zini bilmaydigan” deb atagan.