Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri “Halyk Bank” sho‘ba banki – aksiyadorlik tijorat bank “Tenge Bank” 2019-yil 10-iyulidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsata boshladi.

“Bu xalqaro miqyosdagi ‘Halyk’ guruhi uchun tarixiy voqeadir. O‘zbekiston Qozog‘istonning ‘Halyk Bank’ sho‘ba banki faoliyat yuritayotgan oltinchi mamlakatdir – dedi Qozog‘iston ‘Halyk Bank’ ” boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova.

— O‘zbekiston Respublikasining bozor salohiyati bank biznesini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. O‘zbekistondagi “Tenge Bank” sho‘ba banki orqali har ikki mamlakatda biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yuqori sifatli korporativ va chakana bank xizmatlarini ko‘rsatish orqali, bilim va texnologiyalarimiz bilan o‘rtoqlashish, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligimizni bildiramiz.

“Faoliyatimizning birinchi bosqichini Qozog‘istonning eng yaxshi tajribasi – yuridik shaxslar va tadbirkorlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishdan boshladik. Bugungi kunda O‘zbekiston bozoridagi mavjud talab va takliflardan kelib chiqqan holda ommabop masofaviy xizmat turi – Internet banking xizmatini ishga tushirish, yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va soddalashtirish, talab yuqori bo‘lgan bank mahsulotlarini taqdim etish bo‘yicha faoliyat yurityapmiz” – deydi ATB “Tenge Bank” boshqaruv raisi Aslan Talpakov.

“Biz xalqaro operatsiya, ya’ni O‘zbekistondan Qozog‘istonga to‘lovlarni tenge valyutasida amalga oshirish imkoniyatiga egamiz. Shu bois bozorning talab va imkoniyati imtiyozli bo‘ladi. Plastik karta biznesida bank mahalliy Uzcard va HUMO kartalari hamda an’anaviy, xalqaro to‘lov tizimlari — VISA, Mastercard, Union Pay va AMEX bilan yaqin hamkorlik qilish rejalarimiz bor.

Yaqin 3-5 yil ichida O‘zbekistonning eng yaxshi banklari qatorida mijozlarga “Halyk Group” tomonidan taqdim qilinadigan barcha imkoniyatlar: texnologiyalar, bilimlar, standartlar, boy tajriba, filiallar xizmatini taqdim etish – bankning asosiy maqsadi va muhim vazifasidir.

Internet-banking xizmati orqali yuridik shaxslar biznes jarayonlarini soddalashtirish, shuningdek, O‘zbekiston bozori talab va takliflarini ishlab chiqish va yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, — dedi “Tenge Bank” boshqaruvi raisi Aslan Talpakov.

“Tenge Bank” ATB rahbari shuningdek, mahalliy tadbirkorlar, savdo tarmoqlari va moliyaviy-texnik kompaniyalar bilan qo‘shma mahsulot hamda xizmatlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik dasturlari doirasida birgalikda ishlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Halyk Bank” O‘zbekistondagi birinchi Qozog‘iston banki. “Tenge Bank” korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi universal bank sifatida rivojlanadi.

Bank ofisi quyidagi manzilda joylashgan:

Toshkent sh., Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 66-uy, 100007.

Tel.:+998712038899, info@tengebank.uz.

“Tenge Bank” ATB - Qozog‘iston Respublikasida eng yirik tijorat banki bo‘lgan, moliyaviy bozorda 95 yildan ortiq muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Qozog‘iston “Halyk Bank” aksiyadorlik jamiyatining 100 foiz sho‘’ba banki hisoblanadi.

Qozog‘iston “Halyk Bank” AJ — mijozlar bazasi va tarqatish tarmog‘i keng qamrovli bo‘lgan Qozog‘istonning yetakchi moliyaviy guruhi va yetakchi chakana bankidir. Bank chakana, kichik va o‘rta biznes hamda korporativ mijozlarga barcha turdagi xizmatlar (sug‘urta, lizing, brokerlik va aktivlarni boshqarish bo‘yicha bank xizmatlari) taklif qiladi.

Reklama huquqi asosida.