Fransiyada 2020-yilda havo transportiga ekologik soliq joriy etiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: UNN

Mamlakat transport vaziri Elizabet Bornga ko‘ra, soliq Fransiyadan uchib ketadigan barcha reyslarga tatbiq etiladi. U ichki va Yevropadagi parvozlarda ekonom-klassda 1,5 yevro va Yevroittifoqdan tashqarida biznes-klassda 18 yevrogacha borishi mumkin.

Soliqdan tushgan tushumlarning barchasi kundalik qatnovlarni rivojlantirishga sarflanadi.