Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 11—13-iyul kunlari “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.

Foto: Ma’ruf Hasanov va Behzod Abdujabborov

Marg‘ilon shahrida festivalga tayyorgarlik ishlarining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: Ma’ruf Hasanov va Behzod Abdujabborov

Ushbu festivalga Eron, Hindiston, Fransiya, Rosssiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Mongoliya, Turkiya kabi 20 ta xorijiy davlatlardan folklor jamoalarining ishtirok etadi.

Foto: Ma’ruf Hasanov va Behzod Abdujabborov

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 ta folklor jamoasi ishtirok etadi.

Folklor jamoalarining 200 nafardan ortiq a’zosi o‘z hududlariga xos liboslar va qadimiy kuy-qo‘shiqlar asosida tayyorlangan maxsus dasturlari bilan qatnashadi.

Foto: Ma’ruf Hasanov va Behzod Abdujabborov

Foto: Ma’ruf Hasanov va Behzod Abdujabborov

Foto: Ma’ruf Hasanov va Behzod Abdujabborov

Festivalda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi belgilangan:

‒ qo‘shiqchilik san’ati (alla, o‘lan, lapar, terma, marosim qo‘shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va hokazo);

‒ raqs san’ati (turli hududlarga xos xalq raqslari);

‒ milliy qadim folklor cholg‘uchilik san’ati (milliy musiqa asboblarida asarlar ijrosi).

Foto: Ma’ruf Hasanov va Behzod Abdujabborov

Ishtirokchilarning chiqishlari yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tashrif buyurgan tegishli sohalar namoyandalaridan iborat xalqaro hay’at a’zolari tomonidan baholanadi.

Festival g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1-o‘rin (har bir nominatsiya) ‒ 3 500 AQSh dollari;

2-o‘rin (har bir nominatsiya) ‒ 2 500 AQSh dollari;

3-o‘rin (har bir nominatsiya) ‒ 1 500 AQSh dollari.