Joriy yilning 9-iyul kuni soat 17:30 larda fuqaro 24 yoshli K.M. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasini Andijon viloyatining Shahrixon tumani Qum mahallasi hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasi tirkamasining o‘ng old tomon g‘ildiragi yorilib tirkama ulagichi sinib ketib, yo‘l chetida turgan Shahrixon tumanida yashagan 51 yoshli piyoda G.X.ni urib yuborgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Natijada G.X. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)