Toshkent shahrida 2019—2020-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yo‘llarda qurilish va ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Telegram’dagi kanalida xabar qiladi.
Shu munosabat bilan ayrim markaziy yo‘llarda transportlar harakati cheklanmoqda.
Jumladan, Toshkent shahri Nukus ko‘chasida issiqlik tizimining yer osti quvurlarini ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Shu bois, bu yerda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.
Mazkur holatni inobatga olib, Nukus ko‘chasi bo‘ylab Mirobod ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga qadar bir nechta jamoat transporti yo‘nalishlari o‘zgaradi. Unga ko‘ra:— Mirobod ko‘chasi va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari oralig‘ida 12, 14, 22, 26, 37, 46, 55, 60, 78, 80, 81, 127 sonli avtobus, 11, 23, 30, 67, 136, 152 sonli marshrut taksilari Oybek chorrahasidan o‘ngga, vokzal tomonga;— 22, 26, 37, 55, 60, 80 sonli avtobus, 11, 23, 30, 67, 95 marshrut taksilari Nukus ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chalari orqali;
— 14, 46, 78 sonli avtobuslar Nukus va Amir Temur ko‘chalari orqali vaqtincha harakatlanadi.
Toshkent shahar hokimligi shahar aholisi va mehmonlaridan, yuqorida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Izoh (0)