6-iyul, o‘tgan shanba kuni, yozgi issiq biroz bosilgandan so‘ng, qadimiy Buxoro shahri Pepsi festivalining qaynoq muhitiga sho‘ng‘idi! Roppa-rosa 18:00 da shaharning favvoralar maydoni porloq chiroqlar bilan jilolanib, musiqa va quvnoq ovozlarga to‘lib ketdi.

Ushbu keng ko‘lamli musiqa va madaniy festival musiqa, jonli ijrolar, turli xil o‘yinlar va, albatta, mazali ovqatlar va ularning sevimli ichimliklari, Pepsi yordamida Buxoroning minglab yashovchilari va mehmonlarini o‘z atrofiga yig‘di.

Tadbir haqiqatan ham juda keng ko‘lamli bo‘lib o‘tdi  — unda 12 mingdan ortiq mehmon ishtirok etdi! Turli hududlarda bolalar va kattalar uchun turli burchaklar, attraksionlar va o‘yin modullari joylashtirildi.

Masalan, mehmonlarning bir qismiga Pepsi bilan futbol o‘ynash va Adrenalin Rush attraksionida o‘zlarining jismoniy kuchlarini sinovdan o‘tkazish juda manzur bo‘lgan bo‘lsa, qolgan qismi festivalning foto hududlarini yoqtirishdi, ijtimoiy tarmoqlar bir necha kundan beri festivaldagi selfi fotosuratlari bilan to‘la! Animatorlar, o‘yinlar, sovg‘alar, musiqa, havo sharlari va Pepsi — ajoyib kayfiyat uchun eng mukammal to‘plam!

Festivalning kayfiyati va quvvati oddiy yozgi oqshomni interfaol namoyishga aylantirdi, unda favvora hududiga kelgan har kim ishtirok etdi.

Festivalning eng ajoyib tarafi, shubhasiz, sevimli estrada yulduzlarimizning chiqishlari bo‘ldi, ular orasida Shahzoda, Davron Kabulov, Sharqoniy Navo guruhi, Marokand vokal-cholg‘u ansambli va boshqa san’atkorlar o‘rin olgandi, ularning Pepsi FEST’ning asosiy sahnasiga chiqishlari mehmonlarda haqiqiy tuyg‘ular tug‘yonini uyg‘otdi. Ajoyib musiqa, yangi aktivitilar, serg‘ayrat raqslari va tadbirning g‘ayrioddiy shakli Buxoroda uzoq vaqt yodda qoladi!

Festivalning madaniy va ko‘ngilochar qismidan tashqari, mehmonlar tadbir homiylarining turli mukofotlaridan bahramand bo‘lish va  yutib olish imkoniga ega bo‘lishdi - musobaqalar va yutuqli o‘yinlar bayramni boshidan oxirigacha davom etib turdi! Ko‘rinishidan, tashkilotchilar bu masalaga alohida e’tibor qaratganlar - hech kim bo‘sh qo‘l bilan ketmadi!

Festivalning noyob uslubi tufayli Pepsi bir kechaga novatorlik g‘oyalarini, zamonaviy musiqani, XXI asr hayot tarzini qadimiy va buyuk Buxoroning boy tarixi bilan birlashtirdi. Va bu ajoyib bo‘ldi!

Reklama huquqi asosida.