7-iyul kuni Polshaning Beloston shahrida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik Nadiya Dusanova hamda Svetlana Radzivil birgalikda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQning rasmiy saytida xabar berildi.
Musobaqa g‘olibligi 1,94 metr natija qayd etgan mezbon sportchi Kamila Lisvinkoga nasib etdi. Kumush medalini esa Sent-Lyusiya vakili Lavern Spenserga qo‘lga kiritdi (1,90 m). O‘zbekistonlik sportchilar esa urinishlar soni bo‘yicha bir xil 1,85 metr balandlikdan sakradi va har ikkisiga ham bronza medallari topshirildi.
Yengil atletika
Xalqaro musobaqa
7-iyul, yakshanba
Balandlikka sakrash, ayollar
- Kamila Lisvinko (Polsha) — 1,94 metr
- Lavern Spenser (Sent-Lyusiya) — 1,90 m
- Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova (O‘zbekiston) — 1,85 m
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)