800 funt (360 kg) li katta oq akula AQShnig Mustaqillik kuni arafasida Nyu-Jersi qirg‘oqlarida suzib yurgani aniqlangan va ro‘yxatga olingan, deya xabar berdi Forum Daily.
Twitter’dagi Ocearch nomli akulalarni tamg‘alovchi va kuzatuvchi guruhning yozishicha, Keyp-Mey qirg‘og‘ida 3-iyul kuni Miss Mey laqabli akula o‘z “bayram”ini nishonladi.
Ma’lumotga ko‘ra, 3 metrli akula Keyp-Mey qirg‘oq chegarasidan 10 mil (16 km) uzoqlikda suzgan.
Ma’lumot uchun, Miss Mey fevral oyida Floridada, iyun oyida esa Shimoliy Karolinada ro‘yxatga olingan.
Qizig‘i shundaki, ulkan akula Twitter’da o‘z shaxsiy akkauntiga ega. Endi Nyu-Jersi qirg‘og‘ida dam oluvchilar uning qayerda ekanligidan xabardor bo‘lib turishi mumkin.
Avvalroq Nyu-Jersida baliqchilar bahaybat akulani ko‘rishgani haqida xabar bergan edik.