AQShning Kaliforniya shtatida favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shtat gubernatori Gevin Nyusom Los-Anjeles yaqinida ro‘y bergan ikkinchi kuchli zilziladan so‘ng shunday qaror qabul qilgan.
U shtatning janubiy hududlari oxirgi bir necha kun davomida ikkinchi kuchli zilzila tufayli jabrlanganidan so‘ng aholini yangi silkinishlarga tayyor turishga chaqirdi.