Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tarkibida “Farg‘ona press-klub” o‘z faoliyatini boshladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mazkur press-klubning ilk sessiyasi davlat rahbarining joriy yil 6—7-may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar tahlili hamda bir guruh viloyat faollarining farg‘onaliklarga yo‘llagan murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlandi. Unda Toshloq, Yozyovon tumanlari hokimlari, viloyatdagi bir qator tashkilot va boshqarmalarning rahbarlari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sessiyada ayrim hududlarda bu boradagi ishlarning ijrosini ta’minlashda ba’zi bir kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid ostiga olindi. Xususan, Toshloq tumanida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida kredit ajratish, Yozyovon tumanida esa xorijiy investitsiyalarni jalb etish, Oltiariq tumanida uzumchilik klasterini tashkil etish borasidagi ishlar sust amalga oshirilmoqda. Viloyatda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasida ham tegishli mutasaddi tashkilotlar amaliy ishga qo‘l urgani yo‘q. Mazkur mavzularga oid tanqidiy videolavha namoyish etildi. Tuman hokimlari va mutasaddilar tomonidan bu boradagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, tadbirkorlar, jurnalistlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Savollariga javob oldi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mazkur press-klubning davriyligi qanday bo‘ladi, degan savolga press-klub rahbari Muhammadjon Obidov shunday javob berdi:

— Biz press-klubning sessiyalarini ma’lum bir jadval asosida olib bormaymiz. Sessiya mavzularini kundalik voqea yoki dolzarb yangiliklardan kelib chiqib belgilaymiz. O‘sha kuni tegishli mutasaddilar va jurnalistlar ishtirokida muhokama qilish, aholining bundan xabardor bo‘lishini ta’minlashga harakat qilamiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi