Prezidentning qaroriga ko‘ra 2019/2020-o‘quv yilida respublika OTMlar bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametlaridan davlat granti asosidagi qabul doirasida xalq ta’lim sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
2019/2020-o‘quv yilida Buxoro viloyatining Romiton, Peshku, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlariga maqsadli qabul uchun Buxoro davlat universitetida 12 ta ta’lim yo‘nalishida 53 ta joy ajratilgan.