6-iyul, shanba kuni AQShning Jorjiya shtatida yuz bergan yirik avtohalokat oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar beradi.

Foto: “Vesti.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, Franklin okrugidagi yuqori tezlikda harakatlanish trassasida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Noma’lum sabablarga ko‘ra, olti kishi bo‘lgan yo‘ltanlamas avtomashinasi, yo‘lning qarama-qarshi yo‘lagiga chiqib ketgan va yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan, o‘z navbatida yuk mashinasi esa YTH uchinchi ishtirokchi bo‘lgan yengil avtomobilni borib urgan.

Natijada yuk mashinasi haydovchisi va uch yo‘lovchisi, yo‘ltanlamas ichidagi uch kishi halok bo‘ldi. Yana uch kishi turli darajada tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.

Hozircha huquqni muhofaza qilish organlari voqea sabablarini aniqlay olmagan. Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlangan.