Afg‘onistonning Hirot viloyatida toliblar nazorat-o‘tkazish punktlariga hujum uyushtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hujum oqibatida mamlakat xavfsizlik xizmatlarining 9 nafar xodimi halok bo‘ldi, 10 nafari yaralandi.
Viloyat gubernatori Aminullohga ko‘ra, hujum 6-iyul, shanba kuni ertalab mulla G‘avsiddin boshchiligida toliblar tomonidan amalga oshirilgan. Ikki tomon o‘rtasidagi qaqshatqich janglarda toliblar komandiri va yana 9 nafar jangari o‘ldirilgan, 15 nafariga jarohat yetkazilgan.