Afg‘oniston sharqidagi G‘azni shahrida yuz bergan portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 183 kishi yaralandi. Bu haqda Pajhwok xabar bermoqda.
Mamlakat xavfsizlik milliy direktorati bo‘limi binosi oldida avtomobil portlatilgani aytilmoqda.
Halok bo‘lganlarning 8 nafari xavfsizlik xodimi va 4 nafari tinch aholi vakillari. Jarohatlanganlarning 36 nafari bolalar.