Nukus shahrida “Olimpiya kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligida qator tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
5-iyul erta tongdan shaharning 55 metrli bayroq osilgan maydonida 2 mingga yaqin professional va havaskor sportchilar, Nukus garnizonida xizmat burchini o‘tayotgan askarlar ishtirokida harbiy okrug jismoniy tarbiya va sport boshlig‘i podpolkovnik Ahror Muqumov tomonidan ommaviy badantarbiya mashg‘uloti o‘tkazildi.
Shundan keyin sportchilar, yoshlar va harbiylar shaharning markaziy ko‘chasi bo‘ylab 2 km masofaga yugurish musobaqasida qatnashdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)