Joriy yilning 4-iyulga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashovchi 27 yoshli M.T.ismli ayolga tegishli bo‘lgan go‘zallik salonidan 4 000 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xonqa tumanida yashovchi 21 yoshli Sh.X. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)