Aktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Foto: Instagram / @miel.uz

Intervyularidan birida “Eng katta xatoim Konservatoriyaga kirmaganim”, degan Asal Shodiyeva bugungi kunda, nima sababdan qo‘shiqchilik faoliyatini davom ettirmayotganiga oydinlik kiritdi.

Baribir ham u yerda, ham bu yerda bo‘lish qiyin. Qo‘shiqchining hayoti menga uncha to‘g‘ri kelmaydi. O‘zimni kasbim menga juda ham yoqadi, chunki kinoda qanaqadir o‘zgacha erkinlik bor. Siz xohlagan ssenariyda chiqa olasiz, xohlagan rolni ijro etishingiz mumkin. Qo‘shiqchini esa har kuni qandaydir ishlari bor, har kuni mehnat, ijod, syomka, nazarimda men bularni eplolmasam kerak.

Asal Shodiyeva, aktrisa