Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera faoliyatini PSJda davom ettiradi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.
29 yoshli xavbek o‘zining yangi klubi bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Erreraning so‘nggi klubi “Manchester Yunayted” edi. 2018/19-yilgi mavsum oxirida esa u “qizil iblislar” safini erkin agent sifatida tark etdi.
Ma’lumot uchun, Errera “Yunayted” safida 189 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi hamda 27 ta golli pas berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)