Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (PF–5759, 05.07.2019-y.). Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019—2020-o‘quv yilidan harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega fuqarolar faqat oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida
xabar qiladi.
Ilgari respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda mazkur imtiyoz berilgan.
Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega fuqarolar respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganlarida qabul kvotalaridan tashqari qo‘shimcha ajratilgan (5 foiz) kvota doirasida testlarda qatnashadi.
Izoh (0)