2016-yilgi Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi, deb yozadi GoSport.
Ta’kidlanishicha, Do‘smatov AQShda faoliyat olib boradi. U “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi tarkibida janglarda ishtirok etadi.
Hasanboy Do‘smatov professional boksda o‘ta yengil (-50,80 kg) vazn toifasida faoliyat olib borishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi bilan o‘zbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan, Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut), Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) va Isroil Madrimov (3 ta g‘alaba, 3 ta nokaut) rasmiy shartnoma tuzgan holda faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari Bektemir Meliqo‘ziyev (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) ham shu kompaniya qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi, ammo Meliqo‘ziyev va “Mir boksa“ o‘rtasida shartnoma tuzilgani haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)